Sport | 17:10 / 10.06.2017
11093
1 daqiqa o‘qiladi

«Mash'al» stadionida yong‘in kelib chiqdi

Muborak shahridagi Bahrom Vafoyev nomli stadionda katta yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in 9 iyun kuni sodir bo‘lgan. «Mash'al» klubiga tegishli stadionning bosh binosida katta alanga yuzaga kelgan va natijada bino deyarli to‘liq yonib bo‘lgan. Hozirda stadion futbol o‘ynab bo‘lmaydigan darajaga kelgani ta'kidlanmoqda.

Hozircha yong‘inning boshqa tafsilotlari ma'lum emas. Bu borada hech qanday rasmiy axborot ham berilmagan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid