Jahon | 11:40 / 11.06.2017
3525
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada parlament saylovlarining birinchi turi boshlandi

Foto: © RIA Novosti

Bugun Fransiyada mamlakat parlamentiga saylovlarning 1-bosqichi doirasida ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan 11:00) ochilgan, ovoz berish kechki soat 20:00gacha (Toshkent vaqti bilan soat 23:00) davom etadi.

Saylovlarda turli partiyalar va saylovoldi bloklari vakillari bo‘lgan 8 ming nafarga yaqin nomzod ishtirok etmoqda. Milliy majlisga 577 deputat saylanadi. Ikkinchi tur 18 iyunga belgilangan. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron partiyasi parlamentga saylovlar oldidan yetakchilik qilayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid