Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi parlament saylovlarining 1-bosqichi g‘olibi ma'lum qilindi
Fransiya prezidenti partiyasi Emmanyuel Makronning "Olg‘a, respublika!" partiyasi Fransiyada o‘tgan parlamentning quyi palatasiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Yakuniy natijalar mamlakatning ichki ishlar vazirligi saytida chop etildi.
Makron harakati 28,21 foiz ovoz to‘pladi. "Respublikachilar" partiyasi 15,77 foiz, Marin Le Penning "Milliy front"i 13,20 foiz, Jan-Lyuk Melanshonning «Zabt etilmagan Fransiya»si 11,02 foiz, Sotsialistik partiya 7,44 foiz ovoz to‘play olgan.
Saylov uchastkalarida davomat juda past bo‘ldi: ovoz berishga jami saylovchilarning 48,71 foizi kelgan va bu Milliy kengashga saylovlar tarixidiga eng past ko‘rsatkichdir. Yakuniy natijalar e'lon qilingungacha bosh vazir Eduar Filipp Makron partiyasi tomondan ko‘rsatilgan natijalar fuqarolar prezidentning ichki siyosatini ham, tashqi siyosatini ham qo‘llab-quvvatlashlaridan darak berishini aytgan.
Milliy kengashga saylovlar majoritar tizim bo‘yicha o‘tib, nomzodlar bir mandatli okruglar bo‘yicha saylanadilar. Marin Le Pen o‘z okrugida 46,02 foiz ovoz to‘plab, zarur bo‘lgan ovozlarni yig‘a oldi. Uning raqiblari undan ancha ortda qolganlar.
Parlament saylovlarining 2-bosqichi 18 iyunda bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda har bir okrugda 1-bosqichda kamida 12,5 foiz ovoz to‘play olgan nomzodlar qatnasha oladilar.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
09:00 / 09.06.2026