Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron partiyasi va ittifoqchilari parlament saylovlarida 32,32 foiz ovoz to‘pladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Marshda" harakati markazchi ittifoqchilari bilan birga umumiy hisobda 32,32 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 11 iyun kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy majlisga birinchi tur saylovlar bo‘lib o‘tdi. Respublika IIV 100 foiz ovoz byulletenlarini sanab, saylov natijasini e'lon qildi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, prezident partiyasi umumiy hisobda 28,21 foiz, yoki saylovchilarning 6,39 mln ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Saylovlar avvalida ushbu harakat bilan hamkorlik qilgan adliya vaziri Fransua Bayruning "Demokratik harakat"i, o‘z navbatida, 4,11 foiz, yoki 932 ming ovoz to‘plashga erishgan. Ular birgalikda saylov natijalariga ko‘ra, quyi palatada mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatga ega. Taxminlarga ko‘ra, ularning saylovoldi bloki 577 deputatlik o‘rindig‘idan 400tasini qo‘lga kiritmoqda.
O‘ng markazchi "Respublikachilar" partiyasi va u bilan alyans tashkil etilgan "Demokratlar va mustaqillik ittifoqi", boshqa ittifoqdosh partiyalar ikkinchi natijani ko‘rsatdi. IIVga ko‘ra, bu alyans 21,56 foiz yoki 4,87 mln ovoz to‘plagan.
Ikkinchi tur prezidentlik saylovida yirik natija ko‘rsatgan Marin Le Penning "Milliy front" partiyasi 13,2 foiz saylovchilarning ishonchiga sazovor bo‘ldi. U bilan alyansga birlashgan "Tur, Fransiya" 1,17 foiz natija ko‘rsatgan. Ular jami 3,25 mln ovoz to‘plagan.
Jan-Lyuk Melanshonning "Bo‘ysunmas Fransiya" so‘l radikallari 11,02 foizga ega bo‘lgan yoki 2,49 mln ovozgaega bo‘lgan. Ular bilan hamkorlik qilgan Fransiya kommunistik partiyasi 2,72 foiz yoki 615 ming ovoz to‘plagan.
Fransiya Milliy majlisiga saylovlar majoritar tizimida 2 turda bo‘lib o‘tadi. Deputatlik kursisi uchun turli partiya va bloklarni namoyon etuvchi 7877 nomzod o‘zaro kurash olib borishdi.
Birinchi tur natijasiga ko‘ra, 577 deputatning 3 nafari aniq bo‘lgan xolos. Qolgan deputatlar 18 iyun kungi ikkinchi tur saylovlarida ma'lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
09:00 / 09.06.2026