Jamiyat | 14:36 / 12.06.2017
18929
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepada fohishaxona yopildi

2017 yilning 08 iyun kuni taxminan soat 22:35 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Begzod Xasanov (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Uchtepa tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 60.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «D» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB. 

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid