Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda is gazidan benzin olish texnologiyasi ishlab chiqildi
Foto: Reuters
Xitoylik olimlar is gazini benzinga aylantirish bo‘yicha yangi texnologiyani taklif etishmoqda. U istiqbolda issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Shanghai Daily nashrining yozishicha, novatorlik uslubining muallifligi Past uglerodli konversiya, fan va texnika laboratoriyasi (CAS Key Laboratory of Low-Carbon Conversion Science and Engineering) bilan hamkorlikda tadqiqot olib borgan Shanxay istiqbolli tadqiqotlar instituti (Shanghai Advanced Research Institute)ga tegishli.
Xitoy, ayni vaqtda, atmosferaga issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaruvchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Yangi texnologiya bu muammoni hal etishning istiqbolli yo‘li bo‘lishi mumkin. Chunki, is gazi atmosferada keng tarqalgan issiqxona gazlaridan biridir.
"Is gazi inert bo‘lgani sababli bungacha qo‘llanilgan usullar metanol kabi kimyoviy moddalar olingan. Bizning kashfiyotimiz uni ikki yoki uch uglerodli modda, masalan benzinga aylantirishga imkon beradi", - deb hikoya qilgan loyiha ishtirokchilaridan biri Chjun Lyanshu. Bunda ishlab chiqarilayotgan benzin tarkibida nitrid va sulfid qo‘shimchalari bo‘lmaydi.
Ushbu texnologiyaning istiqbolli ekaniga qaramay, olimlarning tan olishicha, uni sanoat miqyosida qo‘llash masalasi, ishlab chiqarish qimmatligi tufayli savol ostida qolmoqda.
Mavzuga oid
07:43 / 10.02.2026
Mikroto‘lqinli pechdan GPS’gacha: aslida harbiylar uchun yaratilgan 7 texnologiya
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026