Singapur raqamli dollarni muomalaga kiritdi
Singapur valyuta boshqarmasi qator banklar va blokcheynkompaniyalar bilan hamkorlikda Singapur dollarini tokenlashtirish yoki uni Ethereum blokcheyniga o‘tkazish tajribasining ilk bosqichini boshladi. Bu haqda CoinJournal nashri xabar bermoqda. Ubin deb nomlangan loyiha, tashkilot hisobotiga ko‘ra, blokcheyn texnologiyasi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan. Taxminlarga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan raqamli tokenlar zamonaviy to‘lov tizimlariga qarshi samarali va oddiy muqobil bo‘lishi mumkin.
Valyuta boshqarmasiga ko‘ra, loyihaga MQ-mijozlari yoki Singapur banklararo elektron to‘lov tizimi MEPS (MAS Electronic Payment System), Ethereum platformasi bazasidagi Quorum blokcheyni orqali o‘tuvchi bank protsesslari, kliring tuzilmalari kabi mavjud tizimlar integratsiyalashadi. Natijada sezilarli ustunliklar aniqlangan.
«Tokenlashtirish to‘lovlarni amalga oshirishda vaqtni tejaydi va boshqa moliyaviy xizmatlar smaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, uchinchi tomon ishtiroki kamaytirilgani sababli ayrim holatlarda garov talablarini kamaytirish mumkin bo‘ladi», — deyiladi hisobotda.
Ubin loyihasi 2016 yil noyabr oyida R3 kompaniyasi, bir nechta xalqaro banklar konsorsiumi, xususan, Bank of America, Merrill Lynch, Credit Suisse va JP Morgan banklari hamkorligida tatbiq etila boshlandi. Mazkur tajribada Singapur fond birjasi ham qatnashmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
19:36 / 24.10.2024