Jamiyat | 20:33 / 13.06.2017
8423
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘rgimchak-odam" Barselonada navbatdagi osmono‘par binoni zabt etdi

Foto: Reuters

Ispaniya hukumati butun dunyoga mashhur fransuz "o‘rgimchak-odam"i Alen Roberni Barselonadagi yana bir osmono‘par inshootni zab etgani uchun jarimaga tortdi. Periodico gazetasi shu haqida xabar berdi

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, dushanba kuni Rober Melia Barcelona Sky mehmonxonasining 116 metrli binosiga ko‘tarilgan. Tomda uni shahar gvardiyasi vakillari kutib olgan. Jarima hajmi 100-600 yevroni tashkil qilishi mumkin.

Bundan avval Rober Barselonadagi eng mashhur osmono‘par binolardan biri Agbar minorasi - 145 metr balandlikdagi 34 qavatli binoni zabt etgan.

Rober 1994 yildan buyon osmono‘par binolarni zabt etib keladi. U shu kunga qadar 130 marta turli obektlarga ko‘tarilgan. Dubaydagi "Burj al-xalifa" ham shular jumlasidandir.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid