Jahon | 08:49 / 14.06.2017
5775
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi: Rossiya Niderlandiya va Fransiyadagi saylovlarga aralashgan

Foto: RIA Novosti

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning fikricha, Rossiya Niderlandiya va Fransiyadagi saylovlarga aralashgan.

"Mening fikrimcha, ha", - dedi u, AQSh senatidagi eshituvlarda bu boradagi savolga javob berarkan.

Shuningdek, Tillerson senatorlardan birining Rossiya kuchsiz bo‘lgan NATOdan manfaatdor ekani haqidagi fikriga ham qo‘shilgan.

G‘arb siyosatchilari rus xakerlarini saylovlar jarayoniga aralashishda ayblashmoqda. Xususan, bunday ayblovlar bilan AQSh Demokratik partiyasi vakillari va Fransiyaning saylangan prezidenti Emmanuel Makron chiqdi.

Rossiya bunday ayblovlarni rad etib kelmoqda, RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa ularni “asossiz shovqin ko‘tarish” deya atadi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov mamlakatning AQSh, Fransiya va Germaniyadagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi haqida gapirar ekan, buni tasdiqlovchi dalillar yo‘q ekanini iddao qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid