Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda terrorchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etiladi
BMT Bosh assambleyasi terrorchilikka qarshi kurashish boshqarmasini ta'sis etishga qaror qildi. Bu haqdagi rezolyutsiya umumiy majlisda qabul qilindi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh bu qarorni qutladi. Uning bu boradagi bayonoti BMT saytida chop etildi.
Yangi boshqarmaning tashkil qilinishi tashabbusini Guterreshning o‘zi bildirgan. U BMT Bosh assambleyasi raisi Piter Tomsonga BMTning terrorchilikka qarshi kurashishga javob beruvchi tuzilmalarida jiddiy islohot o‘tkazishga yo‘l qo‘yadigan rezolyutsiyani ko‘rib chiqqani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Siyosiy savollar bo‘yicha departamentdan yangi boshqarmaga terrorchilikka qarshi kurashish ofisi hamda maqsadli guruhi xodimlari o‘tkaziladi. Yangi tashkilot boshlig‘i BMT bosh kotibi o‘rinbosari maqomini oladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026