Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatga qo‘l urgan ayol
Ba'zi paytlarda ayollar tomonidan firibgarlik, o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etilayotgan holatlarni eshitganimizda hayron bo‘lib qolamiz. Quyida shunday holatlardan biri haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Koyni qishlog‘ida yashovchi, uy bekasi, 1985 yilda tug‘ilgan G.H tuman IIBga ariza bilan murojaat etadi.
Uning bildirishicha Qorapoycha qishlog‘ida yashovchi, ishlamaydigan, 1984 yilda tug‘ilgan M.A Zargarlik mahallasi hududida G.Hni qo‘rqitish yo‘li bilan qulog‘idan bir dona sariq metalldan yasalgan ziragini yechib olib ketgan.
Ariza yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari zudlikda M.Ani ushlash choralarini ko‘rib, ko‘p o‘tmay qo‘lga olishdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatni sodir etish sabalarini o‘rganish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
08:52 / 19.03.2026
Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda kontrafakt dori vositalari aniqlandi
20:38 / 18.03.2026