Jamiyat | 10:05 / 16.06.2017
12709
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda "qallob Hillari" ko‘chasi paydo bo‘ldi

Nyu-Yorkda noma'lum shaxslar tomonidan Crooked Hill Road ko‘chasi ko‘rsatkichidagi yozuvga "A R Y" harflari qo‘shib qo‘yilgandan keyin "Crooked Hillary" iborasi vujudga keldi. Bu inglizchadan tarjima qilinganda "qallob Hillari" deganini anglatadi. AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp bu iborani saylovlardagi raqibi Hillari Klintonga nisbatan ko‘p marta ishlatgandi.

Tramp saylov kampaniyasi boshidayoq Klintonga bu "nom"ni bergan. U bu nomni Klintonning elektron pochtasi bilan bog‘liq mojaro yoki uning shubhali homiylari haqida gapirganda qo‘llagan.  

Tramp yaqinda ham bu iborani Rossiya bilan ehtimoliy aloqadorlik bo‘yicha nima uchun Hillari Klinton emas, balki u ta'qib qilinayotgani haqida savol bilan yuzlanganda ham qo‘llagan.

Mavzuga oid