Jahon | 09:42 / 16.06.2017
12522
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriyaning Al-Mayadin shahri IShID yangi poytaxtiga aylandi

Illyustrativ foto

Suriyaning Dayr az-Zor viloyatidagi Al-Mayadin shahri IShID terrorchilik guruhining yangi poytaxtiga aylandi. Bu haqda Associated Press manbalarga asosan xabar bergan.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, IShIDning ko‘plab dala qo‘mondonlari so‘nggi oylarda xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan hujum qilinayotgan Suriyaning Raqqa va Iroqning Mo‘sul shaharlaridan Iroq bilan chegarada, Firot daryosi qirg‘og‘idagi vodiy markazida joylashgan Al-Mayadinga qochishgan.

IShIDning yovuz jinoyatlarini fosh qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot vakili Said Muhammad Hidirning so‘zlariga ko‘ra, shahar terrorchilarning “yangi poytaxtiga” aylanadi.

“Bu guruh uchun so‘nggi qal'a bo‘ladi, shuning uchun jangarilar uni o‘limga qadar himoya qilishadi”, - dedi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid