Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik shaxmatchi Karyakin Norvegiyadagi musobaqada Karlsenga mag‘lub bo‘ldi
Rossiyalik shaxmatchi Sergey Karyakin Norvegiyaning Stavanger shahrida o‘tayotgan super musobaqaning 8-turida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga yutqazdi.
Qora donalar bilan o‘ynagan Karyakin 44-yurishda mag‘lubiyatini tan oldi. Bu g‘alaba 26 yoshli Karlsen uchun musobaqadagi birinchi g‘alaba bo‘ldi. Rossiyalik yana bir shaxmatchi Vladimir Kramnik fransiyalik Maksim Vashe-Lagravga yutqazdi, armanistonlik Levon Aronyan va hindistonlik Vishvanatan Anand, amerikalik Xikaru Nakamura va Uesli So hamda amerikalik Fabiano Karuana va gollandiyalik Anish Giri durang natija qayd qilishdi.
Oxirgi tur oldidan umumiy jadvalga 5,5 ochko bilan Aronyan boshchilik qilmoqda. Uning ortidan Nakamura (5 ochko), Giri (4,5), Kramnik (4), So (4), Anand, Karuana, Vashe-Lagrav va Karlsen (3,5) kelmoqda. Karyakin esa 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallamoqda. Oxirgi 9-turda Kramnik Giri bilan, Karyakin Vashe-Lagrav bilan, Anand Karlsen bilan, So Aronyan bilan va Karuana Nakamura bilan bellashadi.
Karyakin va Giridan tashkari, bu musobaqaning barcha ishtirokchilari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari o‘ntaligiga kiradi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 249 ming yevroni tashkil qiladi. G‘olibga esa shu summadan 70 ming yevro tegadi.
2016 yil 11 noyabrdan 30 noyabrgacha Nyu-Yorkda Karyakin va Karlsen o‘rtasida klassik shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun musobaqa bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda 12 partiyadan keyin ham g‘olib aniqlanmagach, uchrashuv taqdiri tay-breykda hal qilingan va unda norvegiyalik shaxmat ustasi g‘olib bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:43 / 22.06.2026
O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi blits bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026