Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifini boshladi
Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 16 iyun kuni poytaxtning Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Prezidentimiz dastlab tumanda bunyod etilishi rejalashtirilayotgan ko‘ngilochar va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishdi.
Olti gektarga yaqin maydonga ega mazkur istirohat bog‘ida zamonaviy, xavfsiz, energiyatejamkor attraksionlar, bolalarning intellektual salohiyatini oshiradigan o‘yin qurilmalari, suzish havzasi, favvora, kitobxonlik uchun maxsus joy, skeyt va gullar maydonchalari, savdo shoxobchalari, avtomobillar turadigan joy va boshqa zarur infratuzilma inshootlari qurilishi ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz istirohat bog‘i loyihasini yanada mukammalashtirish, uning atrofida zamonaviy gipermarket bunyod etish, unda zamonaviy kinoteatr, kutubxona va boshqa zarur dam olish maskanlari bo‘lishi, bunyodkorlik ishlarida Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlar tajribasidan foydalanish zarurligini ta'kidlab, mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
21:05 / 17.06.2026
“Investorlarni siz deyishga tayyormiz” – Toshkentda investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
17:47 / 17.06.2026