Jahon | 10:09 / 16.06.2017
3573
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada birdaniga 4 vazir ishdan ketdi

15 iyun kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 4 vazirning iste'fosini qabul qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularga ta'sis majlislari uchun o‘tkaziladigan saylovlarda ishtirok etishlariga imkon berishdir, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, penitentsiar tizimi ishlari bo‘yicha vazir, kommunalar ishlari bo‘yicha vazir, madaniyat vaziri, hindu xalqlari ishlari bo‘yicha vazir lavozimini tark etgan. Ushbu vazirliklarga yangi rahbarlar ham tayinlangan. Qayd etilishicha, ularning barchasi ayollardir. 

Venesuela milliy saylov kengashi rahbari Tibisay Lusenaning ma'lum qilishicha, 30 iyul kuni milliy ta'sis kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Kengash konstitutsiyani isloh qilish bilan shug‘ullanadi. Hujjat loyihasi umummilliy referendumga kiritiladi. Prezident Maduroning bu tashabbusi ommaviy noroziliklar va muxolifatning jiddiy tanqidlarini keltirib chiqardi. Ular buni davlat to‘ntarishiga urinish deb baholashmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid