Jahon | 19:16 / 17.06.2017
16276
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonlik AQShning to‘rt nafar harbiysini otib tashladi

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Afg‘onistonlik askarning harbiy bazada qilgan hujumi oqibatida AQShning to‘rt nafar harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda harbiy amaldor bergan ma'lumotga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

“Afg‘on askari baza hududida AQShning to‘rt nafar harbiysini otib tashladi. Biz surishtiruv ishlarini olib boramiz”, deb ta'kidlagan Afg‘oniston armiyasining 209-korpusi vakili Abdul Qahhor Araam.

AQShning Kobuldagi harbiy qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, Mozori Sharif shahridagi Shaxin lagerida bo‘lib o‘tgan voqeadan ular boxabar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid