Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasi Tojikistonda teraktlar tahdididan ogohlantirdi
AQShning Tojikistondagi elchixonasi xabar berishicha, mamlakatda terrorchilik xurujlari yuz berishi ehtimoli oshgan. Bu haqda diplomatik vakolatxona saytida aytiladi.
«Tojikistonda so‘nggi vaqtlarda terrorchilik guruhlari tomonidan hech qanday hujumlar bo‘lmagan bo‘lsa-da, tahdid saqlanib qolmoqda, bunday hujum xavfi esa so‘nggi 6-12 oy ichida oshgan bo‘lishi mumkin», - deyiladi xabarda.
Diplomatlar ma'lumotiga ko‘ra, Tojikiston hududida hujumlarni birdaniga bir necha terrorchilik tashkilotlari rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Xususan, hujum Amerika manfaatlari va AQSh elchixonasiga uyushtirilishi ehtimoli yo‘q emas.
Elchixona o‘z fuqarolarini Afg‘oniston bilan chegaraga yaqinlashmaslik va odamlar gavjum joylardan nariroq yurishni so‘ragan.
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026