Jahon | 17:40 / 17.06.2017
14373
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik general AQShning Afg‘onistondagi kampaniyasini “sharmandalik” deb atadi

Foto: AFP

AQSh armiyasi shtabi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, general Jyek Kin Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasini “sharmandalik” deb atadi.

"Biz o‘n olti yildan beri shu urushdamiz, hamda bu kampaniyani haligacha yakunlamaganimiz – butunlay sharmandalikdir", - deya ma'lum qildi general Fox News’ga bergan intervyusida.

Kin OAVda Pentagon Afg‘onistondagi kuchlar kontingentini yana to‘rt ming harbiy xizmatchiga oshirmoqchi ekani haqida paydo bo‘lgan ma'lumotlarga shunday izoh bergan. Generalning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror foydali, biroq kuchlar nisbatini AQSh tomoniga og‘dirmaydi.

Pentagonga mintaqaviy qarama-qarshilikda g‘alaba qozonish uchun harbiylarni taxminan 10-20 ming kishiga oshirish talab etiladi, deya qo‘shimcha qildi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid