Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dirar «Fenerbahche» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
«Monako» jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nabil Dirar rasman «Fenerbahche»ga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kuni kecha ikki jamoa o‘rtasida prinsipial kelishuvga erishilgani haqida xabar qilingan edi.
31 yoshli marokashlik futbolchi tibbiy tekshiruvlarni muvaffaqiyatli o‘tgan va «3+1» shaklida shartnomaga imzo chekkan. Uning moliyaviy tomoni oshkor etilmayapti. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, «Fenerbahche» Dirar uchun «Monako»ga 4,5 mln yevro pul to‘lagan.
Nabil Dirar «Monako»da 2012 yildan to‘p surib kelgan. U Fransiya klubi uchun 167 o‘yinni o‘tkazgan, 12ta gol urgan va 33ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavzuga oid
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025
O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi
13:50 / 29.08.2025
«Fenerbahche» Joze Mourinioni ishdan bo‘shatdi
20:42 / 03.04.2025