Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konfederatsiyalar Kubogi. Portugaliya Meksikani yenga olmadi
Konfederatsiyalar Kubogining A guruhidagi ikkinchi uchrashuv Qozon shahridagi «Kazan Arena» stadionida Portugaliya va Meksika terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi va 2:2 hisobida yakunlandi.
O‘yinning 22-daqiqasida meksikaliklar darvozasi ishg‘ol etilgandi, ammo hakam videoarbitr bu vaziyatda ofsayd qayd etgani tufayli golni bekor qildi.
Bo‘limning ikkinchi qismida portugallar baribir o‘z maqsadlariga erishdi, 34-daqiqada Ronaldu Rikardu Kuarejmani darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi - 1:0.
Lekin bo‘lim yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda meksikaliklar hisobni tenglashtirishdi, gol muallifi — Haver Ernandes.
86-daqiqada portugallar yana oldinga chiqishdi — jarima maydoniga yorib kirgan himoyachi Sedrik Ochoani dog‘da qoldirdi. Lekin o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ektor Moreno meksikaliklarga durang natija keltirgan golni urdi.
21 iyun kuni Portugaliya «Otkrytiye Arena» stadionida Rossiya bilan o‘ynaydi, Meksika shu kuni Sochida Yangi Zelandiya bilan bahslashadi.
Endilikda A guruhida vaziyat quyidagicha: 1. Rossiya — 3 ochko; 2. Portugaliya — 1; 3. Meksika — 1; 4. Yangi Zelandiya — 0.
Konfederatsiyalar Kubogi—2017
A guruhi
Portugaliya – Meksika 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34 Kuarejma, 1:1 – 42 Ernandes, 2:1 – 86 Soaresh, 2:2 – 90+2 Moreno.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Andre Gomesh, Vilyam Karvalyu, Kuarejma (Andre Silva, 82), Moutinyu (Adriyen Silva, 58), Nani (Jyelson Martinsh, 58), Ronaldu.
Meksika – Ochoa, Moreno, Reyyes, Layyun, Guardado, Dos Santos, Errera, Vela (dos Santos, 57), Salsedo (Arauxo, 67), Ernandes, Ximenes (Peralta, 79).
Ogohlantirishlar: Adriyen Silva (68), Guardado (73), Andre Gomesh (90).
Mavzuga oid
02:21 / 07.12.2022
JCh-2022. Portugaliya Shveytsariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:24 / 01.12.2022
JCh-2022. Argentina Polshani mag‘lub etib 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi, polyaklar ham 1/8 finalda
02:16 / 29.11.2022
JCh-2022. Portugaliya Urugvayni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l olgan 3-jamoaga aylandi
02:31 / 27.11.2022