Qatarda ötayotgan jahon çempionatida C guruhida 2-tur yakunlandi.
Sönggi örindagi Argentina Meksikaga qarşi bahsda Lionel Messi va Enso Fernandesning çiroyli gollari evaziga ğalaba qozondi.
Skaloni jamoasi ğalabadan söng oçkolarini 3taga yetkazib, töplar nisbatiga köra Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi va 2-öringa çiqib oldi. Meksika (1) sönggi poğonaga tuşdi.
Uşbu guruhdagi Polşa (4) va Saudiya Arabistoni (3) örtasidagi bellaşuvda Yevropa jamoasi 2:0 hisobida ustun kelgandi.
30 noyabr kuni bölib ötadigan sönggi tur oldidan barça jamoada imkoniyat bor. 3-turda Argentina peşqadam Polşa bilan, Meksika Saudiya bilan töqnaş keladi.
JÇ-2022. S guruhi. 1-tur
Argentina — Meksika 2:0
26 noyabr, «Lusayl»
Gollar: Messi (64), Fernandes (87).
Argentina – Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63).
Meksika – Oçoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Çaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).
Ogohlantirişlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).









