Jahon | 01:16 / 20.06.2017
7824
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya bo‘yicha Ostonadagi navbatdagi uchrashuv sanasi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Suriya bo‘yicha xalqaro uchrashuv 4-5 iyulga belgilangani ma'lum qilindi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamentida xabar qilindi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashuvda BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ishtirok etishini ma'lum qildi. Muzokaralar ishtirokchilari Suriyadagi jangovar harakatlardan xoli hududlar bilan bog‘liq yakuniy detallar bo‘yicha kelishib oladilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid