Jamiyat | 18:08 / 20.06.2017
19376
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Jahldor begemot karkidonni suvga cho‘ktirdi
Janubiy Afrikaning Marloye Karu platosidagi qo‘riqxonada ikki begemot jaziramada suv havzasi yonida turgan karkidonga hujum qildi. Daily Mail shu haqida xabar berdi va uning videosi bilan bo‘lishdi.
Qo‘riqxona nazoratchisi Reynjyer Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni juda issiq, quruq havo bo‘lgan va begemotlar suv manbaini "raqib"dan himoya qilishga harakat qilishgan.
"Begemotlar qurg‘oqchilikda juda tajovuzkor bo‘lishadi... Bu go‘yoki buldozerning ishiga qarashdek gap. Mislsiz kuch", - deydi Robertson.
Manbada ta'kidlanishicha, begemotlar Afrikaning eng xavfli jonivorlaridan biri hisoblanadi. Ular bir yilda 500 ga yaqin kishining o‘limiga sababchi bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:43 / 27.04.2024
O‘zganing sir saqlanishi lozim bo‘lgan videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan ayol ushlandi
23:26 / 03.11.2023
Kolumbiya Eskobarning «kokain» begemotlarini yo‘q qilishni boshlaydi
12:54 / 16.05.2023
"Telegram"da fuqarolar sha’nini kamsituvchi videolar joylashtirgan guruh qo‘lga olindi
17:25 / 30.04.2022