Janubiy Afrikaning Marloye Karu platosidagi qöriqxonada ikki begemot jaziramada suv havzasi yonida turgan karkidonga hujum qildi. Daily Mail şu haqida xabar berdi va uning videosi bilan bölişdi.

Qöriqxona nazoratçisi Reynjyer Robertsonning sözlariga köra, öşa kuni juda issiq, quruq havo bölgan va begemotlar suv manbaini "raqib"dan himoya qilişga harakat qilişgan.

"Begemotlar qurğoqçilikda juda tajovuzkor bölişadi... Bu göyoki buldozerning işiga qaraşdek gap. Mislsiz kuç", - deydi Robertson.

Manbada ta'kidlanişiça, begemotlar Afrikaning eng xavfli jonivorlaridan biri hisoblanadi. Ular bir yilda 500 ga yaqin kişining ölimiga sababçi böladi.