Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berildi
Foto: © Depositphotos.com/brokenrecords
Qozog‘iston hukumatining qarori bilan Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlandi.
"Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlansin", deb ko‘rsatilgan qaror matnida. Ushbu qaror 21 iyunda rasmiy OAV tomonidan chop etildi. Qaror Qozog‘iston bosh vaziri B.Sag‘intayev tomondan imzolangan.
Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berish g‘oyasini 8 yil avval hozirda senat deputati, o‘shanda "Nur Otan" partiyasi raisi o‘rinbosari Darxan Kaletayev taklif qilgandi. U 2009 yil 13 may kuni "Ostona" telekanali jonli efirida "Biz "Qozog‘iston" va "Nazarboyev" brendlari ajralmas ekanligini bilamiz. Bugungi kunda ular yagona tushunchani anglatadi. Xalqaro amaliyotda aeroportlar milliy yetakchilar nomlari bilan atalgan holatlar mavjud", deb aytgan.
Kaletayev o‘shanda AQShdagi Xyuston aeroporti AQShning sobiq prezidenti Katta Jorj Bush nomi bilan yuritilishini bunga misol tariqasida keltirib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:04 / 29.12.2025
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025