Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy Shimoliy Koreya muammosini hal qila olmaganini aytdi
Xitoyning qo‘shni Shimoliy Koreya muammosini hal qilish bo‘yicha sa'y-harakatlari hech qanday natija keltirmadi, deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda.
Tramp shu bilan birga Xitoyning Shimoliy Koreya muammosini hal qilishda AQShga yordam ko‘rsatishga intilishini yuqori baholashini aytgan va Xitoy yetakchisiga minnatdorchiligini bildirgan.
"Men Shimoliy Koreya masalasida yordam berishga harakat qilgan Xitoy raisi Si Tszinpin va Xitoyning sa'y-harakatlarini yuqori baholayman. Biroq bu sa'y-harakatlar muvaffaqiyat keltirmadi. Juda bo‘lmasa, men Xitoy bunga harakat qilganini bilaman!", deb yozgan Tramp.
Bu orada Oq uy vakili Shon Spayser Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Pxenyanning harakatlari va Shimoliy Koreya turmasidan ozod qilingan amerikalik talabaning fojiali o‘limi sababli borgan sari imkonsizga aylanayotganini ta'kidlab o‘tdi.
May boshida Tramp "agar bu o‘rinli bo‘lsa" Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50 / 10.07.2026