Chilonzorda deraza oynasi orqali qimmatbaho telefonni o‘margan ayol ushlandi
2017 yilning 16 iyun kuni taxminan soat 10:00 larda Narzullayeva Zilola Muradulla qizi o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro Ismatullayev Mahmudga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli xonadonning deraza oynasi ochiq holatda qarovsiz qolganligidan foydalanib, “Samsung Ace4 Lite» rusumli uyali telefonini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
21:27 / 25.09.2024