Jamiyat | 09:34 / 22.06.2017
37548
6 daqiqa o‘qiladi

Ehtiyot bo‘ling! Sifatsiz BFQlar qurboniga aylanmang!

Organizmning biologik qarishi 25 yoshdan keyin boshlanadi. Bunga uning asta-sekin hujayralar regeneratsiyasi uchun mas'ul bo‘lgan ko‘plab gormonlarni ishlab chiqarishni to‘xtatishi sabab bo‘ladi, natijada metabolizm sekinlashadi, vitaminlar hamda zarur mikroelementlarni o‘zlashtirish va sintezlash yomonlashadi. Bunga ekologiyaning ifloslanishi (ayniqsa katta shaharlarda), noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlar qo‘shilsa, 30 yoshdan keyin nojuya o‘zgarishlarni sezib, hayot tarzini o‘zgartirishga va sog‘liqni saqlashga harakat qilishadi. Biroq shuni ta'kidlash joizki, 40 yoshdan keyin shularning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi. Bu yoshga kelib organizm ko‘plab gormonlarni ishlab chiqarishni deyarli to‘xtatadi. Shu bois faollik va tetiklikni saqlab qolish uchun organizmni tashqaridan to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Shunday paytda biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) yordamga keladi. Ular zarur moddalar yetishmovchiligini to‘ldiruvchi mikroelementlar, vitaminlar, kompleks tabiiy birikmalar manbaidir. Organizmda bunday moddalarning yetishmovchiligi turli kasalliklar rivoji va qarishiga olib keladi.

Shunday bo‘lsa-da, BFQlarning keng reklamasi ba'zan shubha uyg‘onishiga sabab bo‘ladi, kimlardir BFQlarni ochiq-oydin deyarli barcha kasalliklarning yuqori samarali yechimi sifatida taklif qiladi. Bu - yolg‘on, albatta.

Sifatsiz BFQ iste'mol qilib, "fuflomitsin" effektiga ega bo‘lasiz, biroq bu hali hech narsa emas - sifatsiz BFQlarning iste'moli ba'zi hollarda salomatlikning keskin yomonlashuvi va xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, noqonuniy olib kirilgan biologik faol qo‘shimchalarning aksariyati zaif psixika va surunkali kasalliklarga ega kishilarda tobe'lik keltirib chiqarishi ekspertlar tomonidan isbotlangan.

Internet orqali sotiluvchi dori vositalari ayniqsa xavflidir. Bozorning bu segmentidagi firibgarlik darajasi, ekspertlar baholariga ko‘ra, 50 foizni tashkil qiladi. Shunga qaramay, tibbiy vositalarning elektron savdosi hajmi oshib bormoqda. Internet orqali sotiluvchi steroid gormonlar va ozish vositalarining 70 foizi - soxta preparatlar. Bularning bari sog‘liqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

So‘nggi vaqtlarda biologik faol qo‘shimchalarni sportda qo‘llash tendensiyasi rivojlanmoqda. Sportchilar BFQlar yordamida o‘z jismoniy holatini optimallashtirishadi, samaradorlik darajasini oshirishadi, organizmning qayta tiklanish jarayonini tezlashtirishadi va tana vaznini nazorat qilishadi.

Biroq iste'mol qilinayotgan mahsulot har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. BFQlarning samara bermasligiga nima sabab bo‘lishi mumkin? Ko‘pincha asosiy sabab hujjatlarning soxtalashtirilishi va samaradorlik hamda BFQ mahsulotlari tarkibi to‘g‘risidagi yolg‘on ma'lumot.

BFQ sifati, haqiqiyligi va xavfsizligiga doir ma'lumotlarni aniqlashtirish sizga salomatligingizni asrash va biologik faol qo‘shimchalar iste'molidan maksimal foyda olishga yordam beradi.

Nima uchun BFQlar xavfli bo‘lishi mumkin?

  • Tasdiqlanmagan BFQlar sertifikatsiyasi, ishlab chiqarish hamda tarqatishni yetarlicha nazorat qilinmasligi;
  • Qo‘llanmada ko‘rsatilmagan noma'lum komponentlarning aks ta'siri;
  • Yolg‘on ma'lumot yoki qo‘llanma asosida dozani keragidan oshirib yuborish;
  • Dorivor komponentlarning mavjudligi;
  • Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirga kirishishi;
  • Homiladorlik davrida homilaga zararli ta'siri.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq BFQlar, ularning tarkibi va komponentlari, saqlash sharoitlari va transportirovkasiga qat'iy talablar belgilandi.

Sifatsiz mahsulot iste'molining xavf va salbiy ta'sirlarini chetlab o‘tish uchun nima qilish kerak?

  • BFQlar va boshqa tibbiy preparatlarni xarid qilishda sotuvchidan muvofiqlik sertifikatini ko‘rsatishni talab qiling;
  • Tibbiy preparatlar, qo‘shimchalar va vitaminlarni  Internet va boshqa noma'lum manbalar orqali buyurtma qilmang;
  • Qo‘llanma bilan yaxshilab tanishib chiqing, ko‘rsatmalar va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga oid ma'lumotlarni o‘qing.
  • Agar preparat iste'moli borasida shubhalar paydo bo‘lgan bo‘lsa - davolovchi shifokoringiz yoki malakali vrach bilan maslahatlashing;
  • tanishlaringiz tavsiyasiga amal qilmasdan, mahsulotni yaxshilab o‘rganib chiqing va sizning sog‘lig‘ingizga to‘g‘ri keladigan qo‘shimchalarni tanlang.

O‘zbekiston bozorida rasmiy sertifikatsiyaga ega, xorijda ishlab chiqarilgan BFQlar mavjud. Masalan, RDAllianceFarm kompaniyasi tomonidan import qilinuvchi WindmillHealthProducts(AQSh) ishlab chiqaruvchisi mahsulotlari.

Preparatlarning RDAllianceFarm kompaniyasi tomonidan olib kirilish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshadi:

  1. Mahsulot partiyasi barcha qoidalarga rioya qilingan holda transportirovka qilinadi;
  2. Preparatlar labaratoriya mutaxassislari tomonidan tekshiriladi va muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida to‘liq sanitar-epidemiologik ekspertiza o‘tkaziladi;
  3. BFQlarni qabul qilish kurslarini inobatga olgan holda kichik partiyalar asosida qadoqlash.

Barcha bosqichlar O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi talablariga muvofiq kechadi. Bu mahsulotlarning sifati, ularning xavfsizligi va samarasini kafolatlaydi.

RDAllianceFarm kompaniyasi O‘zbekiston bozorida namoyish qiladigan mahsulotlari tabiiy kelib chiqishga ega preparatlardir.

  • Yurak-qon tomir, tayanch-harakat va peshob tizimlari kabi turli kasalliklarni davolash va ularning profilaktikasi uchun;
  • Immunitetni oshirish, organizmning umumiy holatini yaxshilashga mo‘ljallangan vitaminlar va biologik qo‘shimchalar;
  • Homiladorlar uchun faol tabiiy qo‘shimchalar;
  • Har qanday yoshda ham go‘zallik va yoshlikni saqlab qolishga mo‘ljallangan vositalar;
  • Stresslar va ularning asoratlari bilan kurashishga mo‘ljallangan tabiiy mahsulotlar.

Sertifikatlangan BFQlarning to‘liq ro‘yxati bilan bizning sahifamizda tanishishingiz mumkin: www.facebook.com/acaiuzb/

Preparatlarni shahar dorixonalaridan xarid qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid