Organizmning biologik qarişi 25 yoşdan keyin boşlanadi. Bunga uning asta-sekin hujayralar regeneratsiyasi uçun mas'ul bölgan köplab gormonlarni işlab çiqarişni töxtatişi sabab böladi, natijada metabolizm sekinlaşadi, vitaminlar hamda zarur mikroelementlarni özlaştiriş va sintezlaş yomonlaşadi. Bunga ekologiyaning ifloslanişi (ayniqsa katta şaharlarda), notöğri ovqatlaniş va zararli odatlar qöşilsa, 30 yoşdan keyin nojuya özgarişlarni sezib, hayot tarzini özgartirişga va soğliqni saqlaşga harakat qilişadi. Biroq şuni ta'kidlaş joizki, 40 yoşdan keyin şularning özigina yetarli bölmaydi. Bu yoşga kelib organizm köplab gormonlarni işlab çiqarişni deyarli töxtatadi. Şu bois faollik va tetiklikni saqlab qoliş uçun organizmni taşqaridan töldiriş kerak böladi.

Şunday paytda biologik faol qöşimçalar (BFQ) yordamga keladi. Ular zarur moddalar yetişmovçiligini töldiruvçi mikroelementlar, vitaminlar, kompleks tabiiy birikmalar manbaidir. Organizmda bunday moddalarning yetişmovçiligi turli kasalliklar rivoji va qarişiga olib keladi.

Şunday bölsa-da, BFQlarning keng reklamasi ba'zan şubha uyğonişiga sabab böladi, kimlardir BFQlarni oçiq-oydin deyarli barça kasalliklarning yuqori samarali yeçimi sifatida taklif qiladi. Bu - yolğon, albatta.

Sifatsiz BFQ iste'mol qilib, "fuflomitsin" effektiga ega bölasiz, biroq bu hali heç narsa emas - sifatsiz BFQlarning iste'moli ba'zi hollarda salomatlikning keskin yomonlaşuvi va xavfli kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin.

Şuningdek röyxatdan ötkazilmagan, noqonuniy olib kirilgan biologik faol qöşimçalarning aksariyati zaif psixika va surunkali kasalliklarga ega kişilarda tobe'lik keltirib çiqarişi ekspertlar tomonidan isbotlangan.

Internet orqali sotiluvçi dori vositalari ayniqsa xavflidir. Bozorning bu segmentidagi firibgarlik darajasi, ekspertlar baholariga köra, 50 foizni taşkil qiladi. Şunga qaramay, tibbiy vositalarning elektron savdosi hajmi oşib bormoqda. Internet orqali sotiluvçi steroid gormonlar va oziş vositalarining 70 foizi - soxta preparatlar. Bularning bari soğliqqa salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Sönggi vaqtlarda biologik faol qöşimçalarni sportda qöllaş tendensiyasi rivojlanmoqda. Sportçilar BFQlar yordamida öz jismoniy holatini optimallaştirişadi, samaradorlik darajasini oşirişadi, organizmning qayta tiklaniş jarayonini tezlaştirişadi va tana vaznini nazorat qilişadi.

Biroq iste'mol qilinayotgan mahsulot har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. BFQlarning samara bermasligiga nima sabab bölişi mumkin? Köpinça asosiy sabab hujjatlarning soxtalaştirilişi va samaradorlik hamda BFQ mahsulotlari tarkibi töğrisidagi yolğon ma'lumot.