Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosida 4 yigit qutqarib qolindi
Foto: FVV
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan chaqiruv asosida Qutqaruv otryadi qo‘mondoni boshchiligidagi qutqaruvchilar Norin tumaniga zudlik bilan yetib borishdi, deb xabar bermoqda FVV.
Qutqaruv otryadi yetib borganda, Norin daryosining ko‘prigidan oqim bo‘yicha 500 metr pastda hosil bo‘lgan orolchada 4 nafar fuqaro (1991yilda tug‘ilgan Umurzakov B., 1980 y.t. Ubaydullayev A., 1994 y.t. Soliyev S., 1994 y.t. Jamalov A.)lar suv sathi balandligi va oqim tezligi sababli qirg‘oqqa chiqolmasdan yordamga muhtoj bo‘lib turishgandi.
O‘z vaqtida tezkorlik bilan amalga oshirilgan qutqaruv ishlari natijasida yuqorida ismlari ko‘rsatilgan fuqarolar qirg‘oqqa olib chiqildi va hayoti saqlab qolindi.
Mavzuga oid
08:52 / 19.03.2026
Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda kontrafakt dori vositalari aniqlandi
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
21:57 / 13.03.2026
Namanganda mashinada megafondan foydalangan haydovchi “prava”sidan ayrildi
08:22 / 13.03.2026