Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga kelib tuşgan çaqiruv asosida Qutqaruv otryadi qömondoni boşçiligidagi qutqaruvçilar Norin tumaniga zudlik bilan yetib borişdi, deb xabar bermoqda FVV. 

Qutqaruv otryadi yetib borganda, Norin daryosining köprigidan oqim böyiça 500 metr pastda hosil bölgan orolçada 4 nafar fuqaro (1991yilda tuğilgan Umurzakov B., 1980 y.t. Ubaydullayev A., 1994 y.t. Soliyev S., 1994 y.t. Jamalov A.)lar suv sathi balandligi va oqim tezligi sababli qirğoqqa çiqolmasdan yordamga muhtoj bölib turişgandi. 

Öz vaqtida tezkorlik bilan amalga oşirilgan qutqaruv işlari natijasida yuqorida ismlari körsatilgan fuqarolar qirğoqqa olib çiqildi va hayoti saqlab qolindi.