Nukusda “hushyor qo‘shni”ning qo‘ng‘irog‘i sabab bir inson hayoti saqlab qolindi
2017 yil 20 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Nukus shahri 22 mavze 11 uy 76 xonadonda yashovchi fuqaro B.Sitqadirovning qo‘shnisi deb tanishtirgan “Rustem” ismli shaxs tomonidan qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
U qo‘shnisi B.Sitqadirovning uyiga borganida eshigini ochmaganligini, lekin uyiga kirib ketganligini ko‘rganligini, uyida faqat bir o‘zi yolg‘iz ekanligi, yoshi keksaligi va temir eshigi qulflanib qolganligi sababli uy ichkarisida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir olib, yordam berishni so‘ragan.
Shundan so‘ng, boshqarma Qutqaruv otryadi qo‘mondoni boshchiligida 4 nafar qutqaruvchilar xabar kelib tushgan manzilga etib borishdi va xonadonning temir eshigi maxsus asbob-anjomlar bilan ochilganda, fuqaro B.Sitqadirov uyda yolg‘iz behush holda yotganligi aniqlandi hamda zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Voqea joyiga tibbiyot xodimlari chaqirtirildi va fuqaroga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi natijasida uning hayoti saqlanib qolindi.
Mavzuga oid
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
20:33 / 14.10.2024