Hukumat tarkibiga yangicha dunyoqarashga ega odamlar kelmoqda
2017 yil 21 iyun kuni Xalqaro press-klubda Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, O‘zbekistoning tashqi siyosati buyicha dolzarb masalalarga bag‘ishlagan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro press-klub Jamoatchilik kengashi raisi Sodiq Safoyev, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining hududiy aksilterror tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyevlar spiker sifatida ishtirok etdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sessiya vaqtida jurnalistlar spikerlarga so‘nggi vaqtlarda hukumat tarkibida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uning ishiga qanday ta'sir qilayotgani haqida qiziqishdi.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bu savolga quyidagicha javob berdi:
"Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Hukumatga o‘zgacha dunyoqarashga ega yangi odamlar kelmoqda. Ular o‘zlarida mutlaqo yangicha falsafani taqdim etuvchi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan g‘oyalarni "chuqur singdirishgan". O‘ylashimcha, har bir soha va yo‘nalishlarda shakllanayotgan yangi jamoa shubhasiz, belgilangan maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlaydi. Bu esa O‘zbekistonning yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun yana bir omil bo‘la oladi".
Mavzuga oid
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024
Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida e’tiborsiz qolayotganidan xavotirda
19:20 / 05.07.2024
“BMT 80 yil oldin boshqa dunyo uchun tuzilgandi” - dunyo tartiboti haqida Sodiq Safoyev bilan suhbat
14:24 / 10.06.2024