O‘zbekiston Qozog‘istondagi avariya bo‘yicha rasmiy bayonot berdi (video)
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonda ro‘y bergan va 9 nafar o‘zbekistonlikning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan dahshatli yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy xabar berdi.
«OAV xabarlariga ko‘ra, 2017 yilning 22 iyun kuni Qozog‘istonning Oqmola viloyati hududida Chimkentdan Volgogradga (Rossiya) ketayotgan avtobus ag‘darilib tushgan. Yo‘l-transport hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolarining borligi aniqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi va Qozog‘istondagi Elchixonasi tomonidan jarohat olganlarning shaxsini aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish uchun choralar qo‘llanilmoqda», — deyilgan xabarda.
Qozog‘istondagi YTHda 9 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Tarmoqda hodisa joyida olingan video tarqalgan.
Mavzuga oid
18:55 / 03.09.2024
Qozog‘iston janubidagi «avariya»da O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi
09:20 / 30.12.2023
Chimkent shahrida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi
18:22 / 23.12.2023
Ketma-ket 11 qurbon: umrbod qamalgan “kirakash” sinfdoshlarning seriyali qotilliklari
08:34 / 31.05.2023