Qozoğistonning Turkiston viloyatidagi toğlarda 1996 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi halok böldi. Unga hamrohlik qilgan qozoğistonlik yigit esa qutqarildi. Bu haqda Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1 sentabr kuni Turkiston viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga 1996 va 1997 yillarda tuğilgan ikki yigitning bedarak yöqolgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Ular 31 avgust kuni Çimkent şahri toğlariga ketib, qaytib kelmagan.
Qidiruv işlari Sayramsu çöqqisi hududida, dengiz sathidan taxminan 2200 metr balandlikda, «Sayram-Ugam» milliy tabiat boği hududida, Qasqasuv qişloğidan 8 km uzoqlikda olib borilgan.
«Yaxşi niyat öyinlari» dovoni hududida ötkazilgan operatsiya davomida FVV qutqaruvçilari sayyohlardan biri bilan ovozli aloqa örnatgan. Uning ma’lum qilişiça, ikkinçi iştirokçi, 1996 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi daraga tuşib ketib, tan jarohati olgan.

Qutqaruv operatsiyasiga FVV, örmon xöjaligi, politsiya bölinmalarining jami 18 nafar xodimi va 5 ta texnikasi, dronlar va vertolyot jalb qilingan. Murakkab relef va qoyali hudud tufayli vertolyot voqea joyiga yaqinlaşa olmagan va qutqaruv guruhi harakatni piyoda davom ettirgan.
Çimkentdagi bazadan Qozoğiston alpinizm federatsiyasining beş nafar professional alpinisti yordamga çaqirilgan. Alpinistlar maxsus jihozlar yordamida qoyalarga çiqib, tirik qolgan sayyohni, şuningdek, halok bölgan sayyohning jasadini topgan. Ular pastga olib tuşilgan.
Qutqarilgan odam evakuatsiya qilingan. Marhumning jasadi politsiya xodimlariga topşirilgan.

















