Qozoğistonning Çimkent şahri hokimi örinbosari Ruslan Berdenov hayotiga suiqasd qilindi, deb xabar berdi Orda. Amaldorga keçasi şahar hokimligi (ma’muriyati) binosi yonida öq uzilgan.

Suiqasddan söng Bergenov operatsiya qilindi, şifokorlar uning ahvolini barqaror, ammo oğir deb baholamoqda. 22 aprel kuni ertalab u huşiga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hujum qilgan şaxs şahar hokimligiga böysunuvçi munitsipal korxonaning sobiq rahbari, 30 yoşli Yernar Jiyembay bölgan. U «Sayga-12» ov miltiği bilan Bergenovga uç marta öq uzgan. Politsiyaning xabar berişiça, Jiyembay qölga olingan va vaqtinçalik hibsxonaga joylaştirilgan. Suiqasd sabablari haqida rasmiy ma’lumot yöq.

Bir kun oldin suiqasdga Berdenovning Jiyembay xotiniga nisbatan tegajoğlik qilgani sabab bölişi mumkinligi haqida xabar berilgandi, ammo hokimlik buni rad etdi. Çimkent şahar içki siyosat va yoşlar bilan işlaş bölimi boşliği Aygerim Jumaqulova gumonlanuvçining rafiqasi bilan gaplaşgani va u Berdenovni şaxsan tanimasligini ma’lum qildi.

Ruslan Berdenov - «Respublika» partiyasidan Majlisning (parlament quyi palatasi) sobiq deputati. U Çimkent hokimi örinbosari lavozimiga joriy yilning 24 fevralida, ya’ni ikki oydan kamroq vaqt oldin kelgan edi.