Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maravi shahriga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri halok bo‘lgani ma'lum qilindi
Foto: Reuters
Filippin harbiylari Maravi shahriga jangarilar tomondan uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri deb aytilayotgan, Malayziya fuqarosi Mahmud bin Ahmadning o‘lganini ma'lum qilishdi.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, terrorchi 7 iyundayoq unga mahalliy aholi tomondan yetkazilgan jarohatlardan o‘lgan. Maraviga hujum tashkilotchilaridan yana biri Umarhayom Maut ham o‘ldirilgan deb hisoblanmoqda.
Harbiylar ma'lumotlariga ko‘ra, Mahmud bin Ahmad IShIDdan 30 mln pesodan (600 ming dollar) ko‘proq mablag‘ olganlikda gumon qilinmoqda. U bu pullarni shaharni qo‘lga olishda zarur bo‘ladigan qurol va o‘q-dorilarni sotib olishga sarflagan.
Mavzuga oid
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
21:35 / 09.11.2025
Filippinda yaqinlashib kelayotgan tayfun sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
08:37 / 06.11.2025
Filippinda “Kalmayegi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
13:40 / 05.11.2025