Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:38 / 24.06.2017
21867
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda politsiyachi oyog‘ini tishlab olgan it sabab o‘smirni otib o‘ldirdi
Foto: abcnews.com
AQShda politsiya xodimi it tufayli o‘smirni otib o‘ldirdi. Bu haqda CBS Los Angeles xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar bazm o‘tayotgan uyga kelishgan. Uydagi it ulardan birining oyog‘ini tishlab olgach, politsiya xodimlari otishma boshlashgan.
O‘smir otishma yuz bergan joyga yaqin yerdagi binodan ko‘chaga chiqqan, shundan so‘ng o‘qlardan biri unga kelib tekkan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish