Yaponiya Xitoydan g‘azabda
Yaponiya TIV Xitoyga norozilik bildirdi. Bu holat ushbu davlat kemalari Yaponiya hududiy suvlarida, XXR bilan bahsli bo‘lgan Syonkaku orollari yaqinida paydo bo‘lgach, ro‘y berdi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.
Shanba kuni ertalab Xitoy sohilni qo‘riqlash xizmati to‘rtta kemasi Syonkaku bahsli orollari yonida Yaponiya hududiy suvlariga kirdi va bu yerda ikki soat bo‘ldi.
Yaponiya TIVning Osiyo va Okeaniya departamenti direktori Kendzi Kanasugi Xitoyning Yaponiyadagi elchixonasi orqali o‘z davlati noroziligini bildirdi.
"Syonkaku orollari azaldan Yaponiya hududi sanaladi. Hududiy suvlarga bostirib kirilishi Yaponiya suverenitetini buzadi va buni qabul qilib bo‘lmaydi", - deya bayonotdan iqtibos keltiradi telekompaniya.
Syonkaku orollari Xitoy va Yaponiya o‘rtasida hududiy bahsga sabab bo‘lib keladi. Yaponiyaning bildirishicha, ularni 1895 yildan beri egallagan, Pekinda iddao etishlaricha esa, 1783 va 1785 yillardagi yapon xaritalarida bu hududlar Xitoyniki sifatida ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024
Yaponiya Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kemada yong‘in chiqdi
20:03 / 08.11.2024