Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:30 / 25.06.2017
4943
1 daqiqa o‘qiladi
Misrning eng qadimiy hayvonot bog‘ida yong‘in chiqdi
25 iyun ertalab Qohiradagi Giza hayvonot bog‘i hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al-Arabiya telekanali. Yong‘in hayvonot bog‘idagi yog‘och budkada chiqqan, so‘ngra daraxtlarga o‘tgan.
Yong‘in oqibatida hayvonlar jabrlanmagan, ularni evakuatsiya qilishga hojat bo‘lmagan.
Hayvonot bog‘i 1891 yilda ochilgan bo‘lib, u mahalliy aholi va sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri hisoblanadi. Hayvonot bog‘i an'anaviy ravishda Iyd al-Fitr bayramida odamlar bilan gavjum bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish