Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulda sodir etilgan kuchli portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Iroqning Mo‘sul shahrida terrorchi-xudkush sodir etgan portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ko‘proq odam yaralandi. Bu haqda Iroq harbiy shifokorlariga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, portlash Mashahda dahasida sodir etilgan. Xudkush o‘zini shaharni tark etmoqchi bo‘lgan mo‘sulliklar orasida portlatgan. "Xudkush odamlar harbiylarimiz yoniga yetib bora olmasliklari uchun ular orasiga kirib, portlashni sodir etgan", deb aytdi Iroq qurolli kuchlari vakili. Shifokorlar ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor.
Press TV telekanalining ma'lum qilishicha, Iroq armiyasi mo‘sulliklar shaharni tark eta olishlari mumkin bo‘lgan bir nechta xavfsiz yo‘lak tashkillashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq iroqlik harbiylar 200 dan kamroq jangari qolayotgan Mo‘sul markaziga hal qiluvchi hujumni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
15:23 / 24.02.2026
AESda vodorodli portlashlardan himoya bo‘yicha talablar loyihasi ishlab chiqildi
12:49 / 24.02.2026
Huquq-tartibot xodimlariga hujumlar: Ukrainada ikki shaharda portlashlar
14:52 / 19.02.2026