Jahon | 08:58 / 25.06.2017
7144
2 daqiqa o‘qiladi

Hongkong Xitoyga qaytganining 20 yilligini nishonlaydi

Xitoy raisi Si Tszinpin Hongkong maxsus ma'muriy tumanining Xitoy nazoratiga qaytishining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimlarda ishtirok etadi.

"Xitoy raisi Si Tszinpin 29 iyundan 1 iyulgacha Hongkongning asl vataniga qaytishining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etadi", deb ma'lum qildi "Sinxua" axborot agentligi. 

Si Tszinpin, shuningdek, Hongkongning yangi rahbari Kerri Lamning 1 iyuldagi inauguratsiyasida ham ishtirok etadi. 

Hongkong Buyuk Britaniyadan Xitoy nazoratiga 1997 yilda qaytgan va o‘shandan beri keng muxtoriyatdan foydalanib keladi. Xitoy markaziy hukumati tumanlarini boshqarishda "bir davlat, ikki tizim" tamoyiliga amal qilib keladi. Bu tamoyil 1980-yillarda Xitoyning sobiq yetakchisi Den Syaopin tomondan taklif qilingan bo‘lib, unga ko‘ra yagona Xitoy mavjud bo‘lib, uning tumanlari Hongkong, Makao va Tayvanda kapitalistik iqtisodiy va siyosiy tizim, qolgan Xitoyda esa sotsialistik tizim amal qilishi ko‘zda tutilgan.  

Mavzuga oid