Jahon | 19:09 / 26.06.2017
10389
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya qirollik gvardiyasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qildi

Kanadalik 24 yoshli harbiy xizmatchi Megan Kuoto Buyuk Britaniyadagi Bukingem saroyi qirollik gvardiyasiga boshchilik qilgan ilk ayolga aylandi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Megan Kuoto qorovulning o‘zgarishi maxsus marosimida gvardiyaga rahbarlik qilgan.

«Men o‘z ishimni shunchaki yaxshi bajarishga harakat qilmoqdaman», - deya ma'lum qildi Kuoto.

Qirollik gvardiyasi XVII asrda tashkil etilgan, u Britaniya qirolichasini himoya qilish bo‘yicha vazifalarni bajaradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid