Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonada 5,3 kilogramm og‘irlikdagi kumush taqinchoqlar to‘xtatib qolindi
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan tegishli qoidalarga rioya qilinmagan holda jo‘natilgan pochta jo‘natmalari to‘xtatib qolindi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Xitoydan fuqaro M.Turg‘unova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasida miqdori aniq qayd qilinmagan oddiy taqinchoqlar ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, bojxona ko‘rigi davomida qonunbuzarlik holati fosh qilindi.
Jo‘natmadagi salkam 5 kilogramm 300 gramm og‘irlikdagi taqinchoqlar aslida oddiy emas, balki kumushdan tayyorlangani aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 8 turdagi 1 ming 800 dan ortiq kumushdan ishlangan ushbu taqinchoqlarning umumiy qiymati salkam 82 million so‘mni tashkil qiladi.
Mazkur holat bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborildi.
Turkiyadan fuqaro Z.Ahrorov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 11 turdagi 7 ming 700 dona dori vositasi borligi aniqlandi. Qiymati 54 million so‘mlik ushbu dori vositalarining orasida O‘zbekiston Respublikasida foydalanishga ruxsat etilgan dori vositalarining davlat reyestriga kiritilmaganlari ham bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan qonunbuzilish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma'muriy ish yuritilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sud idoralariga yuborildi.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025