Kiyevda kuchli portlash ro‘y berdi
Ukraina poytaxtidagi Solomenskaya va Mexanizatorlar ko‘chalari kesishgan chorrahada kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqida Life nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, chorrahadan yengil avtomobil o‘tayotgan bir paytda portlovchi qurilma ishga tushgan. Mashina portlash natijasida katta ziyon ko‘rgan.
Voqea ro‘y bergan joyga shaharning barcha operativ xizmatlari yo‘l olgan. Portlash ro‘y bergan hudud qurshab olingan.
Ukraina Mudofaa vazirligi bu portlash oqibatida Ukraina razvedka Boshqarmasi polkovnigi Maksim Shapoval halok bo‘lganini tasdiqladi.
"Bugun, 27 iyun kuni, Kiyev shahrining Solomenskiy tumanida avtomobil portladi. Portlash oqibatida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi xodimi polkovnik Maksim Shapoval qurbon bo‘ldi", — deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
13:20 / 15.10.2024
Kiyev Malidagi isyonchilarga UUA yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
09:10 / 09.10.2024
Kiyev noyabrda tinchlik sammiti o‘tkazish rejasidan voz kechdi
09:40 / 08.10.2024