Rossiya qöşini 6 iyulga ötar keçasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari bayonotiga köra, mamlakat hududi böylab jami 68 ta raketa va 350 dan ortiq dron (jumladan, imitator dronlar) uçirilgan. Zarbaning asosiy nişoni Kiyev böldi. Ukraina poytaxtini himoya qilişi kerak bölgan havo hujumidan mudofaa tizimlari Kiyev yönalişida harakatlangan 23 ta ballistik raketa va «Tsirkon» rusumli oltita raketadan birortasini urib tuşira olmagan.
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari Yuriy Ignat ma’lum qilişiça, ukrain harbiylarida Patriot havo hujumidan mudofaa komplekslari uçun raketalar yetişmayapti. Kiyevda Rossiya zarbasi oqibatida, sönggi ma’lumotlarga köra, 11 kişi halok bölib, 46 kişi yaralangan, deb xabar berdi şahar meri Vitaliy Kliçko. Şaharning törtta rayonidagi binolar şikastlangan. Nisbatan eng jiddiy vayrongarçiliklar Podolsk rayonida qayd etilgan. Vayron bölgan binolar hududida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda, Ukraina rasmiylari qurbonlar va yaralanganlar soni oşişi mumkinligini istisno etmayapti. 7 iyul Kiyevda motam kuni deb e’lon qilindi. «Meduza» Rossiyaning Kiyev böylab zarbasi oqibatlari aks etgan fotosuratlarni e’lon qildi.



Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA



























