Samsung taxlama-smartfonini taqdim etdi
Samsung kompaniyasi zamonaviy texnologiyalardan voz kechishga tayyor bo‘lmagan retrosevarlar uchun Galaxy Folder 2 taxlama-smartfonini taqdim etdi. Yangi qurilmaning narxi 260 dollar atrofida. 24Gadjet shu haqidagi yangiligi bilan bo‘lishdi.
Smartfon 1.4 GGts chastotali 4 yadroli protsessor, 2 Gb operativ va 16 Gb ichki xotira bilan ta'minlangan; xotira kartasi sloti 256 Gb'gacha bo‘lgan MicroSD kartalariga mo‘ljallangan. Akkumulyator sig‘imi - 1950 mAs. Ikki kamera - 8 va 5 Mp. Smartfon ikki xil - qora va bordo rangdagi metall korpus bilan qoplangan.
Displey diagonali 3,8 dyuymni tashkil qiladi. Sensor klaviaturani klassik tugmalar to‘ldirib turadi. Ular orqali qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati, sms-bo‘lim va ijtimoiy tarmoqlarga kirish mumkin.
Samsung Galaxy Folder 2 Janubiy Koreya bozorlariga chiqdi. Xalqaro sotuvlar yoz oxiriga qadar boshlanadi.
Mavzuga oid
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024