Jamiyat | 17:15 / 28.06.2017
4191
1 daqiqa o‘qiladi

“Qoradori-2017”: Toshkentda yana bir shaxsning yonidan marixuana topildi

2017 yilning 23 iyun kuni Chilonzor tumani hududida, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, fuqaro Abduqaxxor Azizov Abdug‘aniyevich og‘irligi 6,2 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda ozginadan ko‘proq miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid