Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Skripka o‘rniga to‘pponcha». Twitter'da AQShga to‘rtta so‘z bilan ta'rif berishmoqda
Dunyodagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan biri Twitter'ning dunyo trendida qiziq xeshteg paydo bo‘ldi: #USAin4words. Ya'ni foydalanuvchilar Amerika Qo‘shma Shtatlatiga to‘rtta so‘z bilan ta'rif berishmoqda.
Ko‘pchilik agressiv kayfiyatda dunyodagi eng qudratli davlatga ta'rif bergan bo‘lsa, ba'zilar shunchaki hazillashgan.
Quyida AQShga berilgan ba'zi ta'riflarni keltirilgan: «Boy yana ham boyroq bo‘ladi», «Ozodlik yurti», «Hamma narsani yeyish mumkin», «Juda ko‘p semiz odamlar bor davlat», «Yaratganning insoniyatga tuhfasi», «Oq tanli yevropaliklar uchun yaratilgan», «Gamburgerlar oroli», «Hazillari Kardashiandan iborat odamlar», «Barchaga haqiqat ulashiladigan yer», «Juda ko‘p liberallari bor davlat», «Axmoqliklar o‘lkasi», «Ikki xil hayvon, bir xil axlat» (Demokratlar va Respublikachilar haqida), «Yoqmayaptimi? Tuyog‘ingizni shiqillating», «Bizning qurolimizni olib qo‘ymang», «Skripka o‘rniga to‘pponcha», «Kanada bilan chegarada devor kerak», «Bitta prezident, ikkita jins», «Xudoga shukur, Hillari yutmadi», «Obama, iltimos qayt»...
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024